"Barselona" "Bavariya" talabini qondirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini qo'lga kiritishni istamoqda va nemis klubining moliyaviy ehtiyojlarini qondirgan holda polyakni sotib olish bo'yicha to'rtinchi taklifni berishga tayyor, deb xabar beradi sport1.de.
Manbaga ko'ra, ispan grandi "Bavariya" tomonidan talab qilinadigan 50 million evroni to'lashga tayyor. "Barselona"ning so'nggi taklifi 40 million evro atrofida bo'lgan, biroq nemis tomoni uni rad etgan.
Shuningdek, parijliklar hujumchiga bo'lgan qiziqishni yo'qotgani yo'q va istalgan vaqtda uning transferi uchun kurashga qo'shilishi mumkinligi aytilmoqda.
"Bavariya" xo'jayinlari Levandovskini saqlab qolishga harakat qilmoqdalar, chunki bozorda unga teng keladigan o'rinbosar topa olmayaptilar.

Bosh sahifaga
171