O'tgan mavsumni "Roma"da o'tkazgan futbolchi turk klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Portu" yarim himoyachisi Serxiu Oliveyra "Galatasaroy" bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
30 yoshli portugaliyalik bilan kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali transferni 3 million evroga baholamoqda.
Oliveyra o'tgan mavsum yanvar oyidan beri "Roma"da ijara asosida o'ynayotgan edi. Rim klubi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Oliveyra “Portu” safida 24 ta o'yinda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175