"Manchester Yunayted" Eriksen bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda. "Brentford" Kristian qolishiga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Kristian Eriksenni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
ESPN xabariga ko'ra, mankunianliklar daniyalik futbolchini qo'lga kiritishlariga ishonchlari komil. Futbolchi transferga og'zaki rozilik berdi.
Shu bilan birga, "Brentford" yarim himoyachi hali ham so'nggi olti oy davomida o'ynagan klubida qolishiga umid qilmoqda va hozircha u bilan yangi shartnoma tuzishga urinishlarini to'xtatmayapti.
2021/22 yilgi mavsumda Eriksen Premer-ligada 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200