Pepdan so'ng "Man Siti"ni kim boshqarishi mumkin?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Man Siti" sobiq futbolchisi Trevor Sinkleyr Maurisio Pochettinoga qarshi gapirdi.
Trevorning fikricha, Pep Gvardiola jamoani tark etsa, Pochettino "Manchester Siti" uchun yaxshi variant bo'ladi.
«Pochettino o'yinchilar bilan, hattoki xudbinlar bilan ham ijobiy munosabatlar o'rnatishni biladi.
U buyuk futbolchilar bilan ishlagan, Messi, Mbappe, Neymarlarni boshqargan. U bilan "Siti" ishonchli qo'llarda bo'ladi, ishonaman.
Pochettino - yaxshi inson va o'zini isbotlagan murabbiy. Menimcha, "Siti" uning ishlashi uchun to'g'ri joy bo'lardi.
Agar Pep qachondir ketish vaqti keldi deb qaror qilsa, klub rahbariyati Maurisio nomzodini ko'rib chiqishi kerak”, - deydi Trevor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218