"Zenit" "Spartak"ni mag'lub qilib, Rossiya Superkubogini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

"Zenit" Rossiya Superkubogi uchun o'tkazilgan bahsda "Spartak"ni mag'lub etdi - 4:0.
Uchrashuv Sankt-Peterburgdagi "Gazprom Arena" stadionida bo'lib o'tdi. O'yinda "Zenit" RPLning amaldagi g'olibi, "Spartak" esa Rossiya kubogining amaldagi sohibi sifatida ishtirok etdi.
Mamlakatning amaldagi chempioni tarkibida Ivan Sergeev, Malkom, Vendel va Mateo Kasseralar gol urishdi.
"Zenit" ketma-ket uchinchi va tarixda esa ettinchi marta Rossiya Superkubogini qo'lga kiritdi. Klub bu borada TsSKA rekordini takrorladi, moskvaliklar ham mamlakat Superkubogida 7 ta g'alabaga erishgan.
"Spartak" Rossiya Superkubogi uchun o'yinda tarixda to'rtinchi bor mag'lub bo'ldi, jamoa faqat bir marta (2017 yilda) kubokni qo'lga kiritdi.
Rossiya Superkubogi, final
"Zenit" - "Spartak" - 4:0
Gollar: Sergeev, 29 (1:0). Malkom, 34 (2:0). Vendel, 46 (3:0). Kasserra, 90+3 (4:0)
Zenit: Odoevskiy, Chistyakov, Duglas Santos (Eroxin, 86), Alip, Barrios, Vendel (Krugovoy, 77), Klaudino, Kuzyaev, Sutormin (Bakaev, 70), Malkom (Mostovoy, 77), Sergeev (Kasserra, 69)
Spartak: Selixov, Riibus, Djikiya, Chernov (Rasskazov, 76), Umyarov, Ignatov (Zinkovskiy, 46), Xlusevich (Litvinov, 61), Zobnin (Prutsev, 76), Denisov, Sobolev (Nikolson, 60), Promes
Ogohlantirishlar: Barrios, 89’ - Chernov, 57’. Nikolson, 88’
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
234