Xoland "Manchester Siti"da qaysi raqamda harakat qilishi ma'lum bo'ldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Manchester Siti"ning yangi futbolchisi Erling Xoland jamoada qaysi raqam ostida o'ynashi ma'lum.
21 yoshli norvegiyalik avvalroq Gabriel Jezusga tegishli bo'lgan 9-raqam ostidagi "shaharliklar"da o'ynaydi.
Xoland joriy yozgi transfer oynasida “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Siti”ga o'tgan edi. Transfermarkt.com portali xabariga ko'ra, kelishuv 60 million evroni tashkil qilgan.
O'tgan mavsumda hujumchi "Borussiya" safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol urdi va 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234