Duel. Kessie Tchuameniga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Davom etayotgan transfer oynasida Ispaniyaning ikki grand klubi birinchilardan bo'lib markaziy yarim himoyaga e'tibor qaratdi. “Galaktikos” Orelen Tchuamenini katta summaga xarid qilgan bo'lsa, “blaugranas” esa Frank Kessie bilan shartnoma imzoladi. Shu sababli, yangi “duel” loyixamizda La Ligaga yangi kelgan 2 futbolchini solishtirib ko'ramiz.
Klubdagi o'yin
Frantsiyalik vunderkind Tchuameni klublarda umumiy 132 o'yinda maydonga tushib 10332 daqiqa vaqt o'ynagan. Shu daqiqa ichida Orelen 9 gol va 8 assist amalga oshirib ulgurgan. Shuningdek, uning hisobida 30 sariq va 2 qizil kartochka ham bor.
“Barselona”ning yangi a'zosi esa 297 o'yinda maydonga tushib, 48 gol hamda 22 golli uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, 46ta sariq hamda 4ta qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan. Bunday ko'rsatkich uchun futbolchi 23977 daqiqa sarflagan.
Tabiiyki Kessie raqibiga nisbatan oldinroqda harakat qilganligi uchun unda gol va pas tizimidagi ochkosi o'rtacha vaqtda ham yaxshiroq. Shu sabab gol+pas tizimiga qaramaymiz. Ammo Frank intizom borasida ham raqibidan ustunligi tufayli unga 5 ochko Orelenga esa 3.
Erishilgan yutuqlar
Tchuameni klublarda bir marta “Monako” bilan birgalikda Frantsiya kubogi finalida ishtirok etgan. Uning yagona jamoaviy sovrini Frantsiya bilan 2020-2021 yilgi mavsumdagi millatlar ligasidagi g'alabasi hisoblanadi. Shuningdek futbolchi 2021 yilda Liga 1ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. Yana unda 2 ta shaxsiy sovrin mavjud. “Real”da uning bu ko'rsatkichi ancha yaxshilansa kerak.
Kessiening sovrinlar muzeyi esa, raqibinikidan ham yomonroq. U yakunlangan mavsumda A Seriyada chempion bo'lgan va o'sha yillar A Seriya yil jamoasiga kiritilgan.
Bu jabhada Tchuameni raqibini yaqqol dog'da qoldirib, o'z hisobiga 5 ochko yozdirib qo'ydi. Kessie esa mag'lubiyat uchun 3 ochko bilan siylanadi.
Termadagi o'yini
Orelen termadagi debyutini 21 yosh 7 oy 5 kunligida nishonlagan. Asosiy terma jamoada Tchuameni 12 o'yin o'tkazib bitta gol kiritgan. Frantsiyalik termada umumn kartochka ishlab olmagan. Shuningdek, vunderkind barcha yoshdagi termalardan chaqiruv olgan.
Kessie esa, terma jamoada debyut o'yinini o'tkazgan payti 17 yosh 8 oy 18 kunlik edi. Shundan beri Frank 54 o'yinda ishtirok etib, 6 gol va 5 golli uzatmaga mualliflik qilgan. U bir marta qizil va 8 marta sariq kartochka ishlab olishga ulgurgan.
Bu safar ikki futbolchiga ham 4 ochkodan berishga qaror qildik. Chunki yarim himoyachilardan biri termada ko'p o'yin o'tkazgan, ammo sovrin yutmagan. Ikkinchisida esa kam o'yin, ammo bitta kubok bor.
Transfer narxi
“Real” yarim himoyachisi Transfermarkt portalida 60 million evroga baholanmoqda. Bunday holatlarda futbolchining yoshi albatta hisobga olinadi.
“Barselona” shartnoma imzolagan Kessie o'sha portalda 45 million evroga loyiq ko'rilgan. Tchuamenidan 3 yosh kattaroq ekanligi mana shu joyda uning ustunligiga ishlamadi.
Orelen bu safar o'z hisobiga 5 ochko yozdirib qo'ydi. Frank esa 3 ochkoga ega chiqmoqda.
So'nggi mavsumdagi o'yin
Frantsuz o'zining so'nggi mavsumida “Monako” safida 50ta o'yin o'tkazib, 5 gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning 12 sariq va 1 ta qizil kartochkasi ham bor. Tchuameni bunday ko'rsatkich uchun 4230 daqiqa vaqt sarflagan. Yakunlangan mavsumda vunderkind Liga 1ning yil ramziy jamoasidan o'rin olgan.
Frank Kessie esa “Milan” safida 39 o'yinda ishtirok etib, 7 gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u 2 sariq va 1 qizil kartochka bilan ham jazolangan. Kessiening A Seriyada chempion bo'lgani va Italiya chempionati yil jamoasidan o'rin olganligi haqida bqorida aytib o'tgan edik.
Bu bosqichda Kessie chempionlik evaziga 5 ochkoni ilib ketdi. Nisbatan ko'proq o'yin o'tkazgan Tchuameni esa 3 ochkoga rozi bo'lishga majbur.
Umumiy natija
Frantsiyalik futbolchi 20 ochko jamg'argan bo'lsa, “Barselona”ning yangi a'zosi ham huddi shuncha ochko jamg'arishga erishdi.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
302