Frantsuz klubi Umtiti bilan shartnoma imzolash fikridan qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Renn" "Barselona" bilan himoyachi Samuel Umtiti bo'yicha muzokaralarni to'xtatmoqchi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, frantsuz klubi Umtiti o'rniga “Benfika”dan Moratoni olmoqchi. "Barselona" 28 yoshli futbolchini sotishga qaror qilgan.
Oldinroq "Renn" Umtitini mavsum uchun ijaraga olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin ayni paytda klub futbolchining maoshini 100 foiz o'z zimmasiga olishga tayyor emas.
2021/22 yilgi mavsumda Umtiti "Barselona"ning faqat bitta uchrashuvida qatnashdi: u Ispaniya chempionatining 17-turida "Osasuna"ga qarshi o'yinni to'liq o'tkazdi (2:2) va sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230