Zaxa transferini shaxsan Mourino istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Uilfrid Zaxani yozda jamoaga qo'shmoqchi, deb xabar beradi GOAL.
Manbaga ko'ra, italyan klubi Zaxani sotib olishdan oldin bir nechta o'yinchini sotishi kerak bo'ladi.
Avvalroq, 29 yoshli yarim himoyachining agenti "Roma" bilan muzokara o'tkazgani haqida xabar berilgandi.
Zaxaning "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ivuarlik futbolchining narxini 38 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Zaxa barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlikni amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266