Rasman! "Brentford" shotlandiyalik 20 yoshli himoyachini "Bolonya"dan 22 million evroga sotib oldi.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Brentford" "Bolonya"dan yosh himoyachi Aaron Xikini sotib oldi.
Ingliz klubi Shotlandiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Brentford" 20 yoshli futbolchi uchun bonuslar bilan birga 22 million evro to'lagan.
Xikki Shotlandiya terma jamoasi safida JCh-2022 saralashida Ukrainaga qarshi o'yinda (1:3) debyut qildi. U terma jamoa safida jami 4 ta o'yin o'tkazgan. U Shotlandiya U17 terma jamoasida ham o'ynagan.
Aaron o'tgan mavsum A Seriyada 36 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224