Pogba "Yuventus" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tgan, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manba bergan xabarga ko'ra, tibbiy ko'rikdan o'tgan 29 yoshli frantsiyalik futbolchi Turin klubi bilan bugun shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus"da o'ynagan.
Pogba o'tgan mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2022 yilning 30 iyunida erkin agent sifatida klubni tark etdi.



Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218