"Atletiko" hujumchisi jamoadan ketmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Hujumchi Toma Lemar yozda "Atletiko Madrid"ni tark etishni istamayapti. 26 yoshli frantsuz 2018 yildan buyon “matraschilar” safida o'ynab kelmoqda.
“Toma shartnomani uzaytirmoqchi. "Atletiko" bizga o'tgan yilning oxirida birinchi taklifni bildirgandi, yanvarda biz boshqacharoq taklif bilan javob qaytardik. O'shandan beri bizda rahbariyatdan boshqa yangilik yo'q", - dedi futbolchining agenti Artur Poupel L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
Lemarning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Lemar barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
223