"Atletiko" xavbeki Rimga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Saul faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Il Messaggero xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining transferiga "Roma" qiziqish bildirmoqda.
Rim klubi joriy transfer oynasida ispaniyalik futbolchining transferi borasida "matraschilar" bilan kelishish niyatida. Bu ijara asosida yoki to'liq shartnoma bo'ladimi, hozircha noma'lum.
Saulning Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200