Manba: "Yuventus" De Ligt uchun 125 million evro talab qilmoqda, ammo 80'ga rozi bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Sky Sports jurnalisti Janluka Di Martsio "Yuventus" himoyachisi Mateys de Ligtning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men Tuxel uni o'z ro'yxatida birinchi o'ringa qo'yganini bilaman. Bunday futbolchi uchun Premer-liga juda mos keladi. "Bavariya" ham uni xohlaydi. Bular eng kuchli ikki klub. Shubhasiz, hammasi Matteys nima istayotganiga bog'liq.
Premer-liga dunyoning eng yaxshi ligasi. Shuningdek, "Chelsi" Kristensen va Ryudigerni yo'qotdi, ularga yaxshi himoyachi kerak.
Hozirda "Barselona"da himoyachi uchun 60-70 million evro sarflash imkoniyati yo'q. Shuning uchun menimcha, "Barselona"ga hozir uni qo'lga kiritish qiyin bo'ladi.
De Ligt - Tuxel va "Bavariya"ning asosiy maqsadi. Endi hammasi "Yuventus" so'ragan narxga qaysi klub rozi bo'lishiga bog'liq. Va ular deyarli 125 million evro istashlarini aytishmoqda. Lekin menimcha, ular 80 million evroga rozi bo'lishadi.
"U "Chelsi" yoki "Bavariya"ga o'tgani yaxshiroqmi, aytish qiyin, chunki London klubida u Premer-ligadagi eng yaxshi himoyachilardan biri bo'lishi mumkin", - deydi Di Martsio.

Bosh sahifaga
206