"Manchester Siti" himoyachisini APL klubiga ijaraga berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda "Sautgempton" "Manchester Siti" himoyachisi Issa Kaborega qiziqish bildirayotgani haqida xabar berdi. Futbolchi ijaraga berilishi mumkin.
O'tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi Frantsiyaning “Trua” klubida ijara asosida o'ynadi. Futbolchi klub safida 32 ta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Kaborening "shaharliklar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchining transferi to'rt million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203