Romanoli 5 yillik shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Milan"ning sobiq himoyachisi Alessio Romanoli "Latsio"ga o'tadi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli italiyalik Rim klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Qayd etilishicha, himoyachining maoshi yiliga uch million evroni tashkil qiladi va bonuslar hisobga olinsa, 3,4 millionga ko'tarilishi mumkin.
Yaqin kunlarda Romanoli tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Romanoli o'tgan mavsumda “Milan” safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201