"Arsenal" "Lion" xavbekini nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Frantsiya OAV "Arsenal"ning "Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketaga qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatdi.
Shuningdek, futbolchi "Nyukasl"ning ham qiziqish doirasiga tushib qolgani ta'kidlangan. Bu haqda Media Foot xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchining transferi 35 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda Paketa 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu ko'rsatkichlarga erishish uchun futbolchiga "Lion" libosida 43 ta uchrashuv kerak bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245