Ten Xag Torres variantini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Katta ehtimol bilan “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres yozda “Manchester Yunayted”ga o'tmaydi.
Manchester Evening News xabariga ko'ra, ispaniyalik markaziy himoya zonasini kuchaytirish bo'yicha klubning nomzodlar ro'yxatida birinchi o'rinda edi, biroq yangi bosh murabbiy Erik ten Xag boshqa variantlar foydasiga bu transferga qarshi qaror qildi.
Torres o'rniga gollandiyalik mutaxassis o'zining sobiq shogirdi Lisandro Martinesni "Manchester Yunayted"ga o'tkazmoqchi, u yarim himoya chizig'idagi pozitsiyani yopishga qodir.
Eslatib o'tamiz, Torresga Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo "ko'klar" futbolchining transferi bo'yicha "Vilyarreal" bilan hali muzokaralarni boshlamagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250