“Milan” himoyachisi Turkiyaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

Markaziy himoyachi Leo Duarte “Milan”ni tark etdi. “Rossonerilar” o'zlarining rasmiy sayti orqali 25 yoshli braziliyalik futbolchining Turkiyaning "Istanbul" klubiga o'tgani haqida xabar berishdi.
Turklar futbolchini italiyaliklardan ikki million evroga sotib olishgan. Duarte bilan 2026 yilgacha hisoblangan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolandi.
Eslatib o'tamiz, bungacha himoyachi Istanbulda 1,5 mavsum ijara asosida o'ynagan edi.
O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi Turkiya Superligasining 33ta o'yinida qatnashib, beshta sariq kartochka olib, bir marta maydondan chetlatilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240