Ziesh kelajagi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh boshqa jamoaga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ortidan keyingi faoliyatini o'zi hal qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi. OAV xabarlariga ko'ra, Ziesh "Milan"ga o'tishi mumkin.
“Men hayotimda shunday nuqtaga etdimki, o'zimning professional kelajagimni to'liq nazorat qilish vaqti kelganini his qildim.
Men kareram bo'yicha muzokaralar va qarorlar menga bog'liq bo'lishini istayman. Shunday qilib, oldinga intilishda davom etamiz”, — deb yozdi Ziesh o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Marokashlik futbolchining “Chelsi” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan va shu kunga qadar klub safida 83ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233