Belgiya klubi Mertens bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Hujumchi Dris Mertens faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, "Antverpen" o'zini 35 yoshli belgiyalik futbolchiga asosiy da'vogar deb hisoblamoqda. Belgiya klubi futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub unga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Oldinroq "Marsel" Mertensga da'vo qilgani xabar qilingandi.
Mertens o'tgan mavsumda "Napoli" safida barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233