Di Mariya o'ziga raqam tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Argentinalik hujumchi Anxel Di Mariya 8 iyul, juma kuni rasman “Yuventus” futbolchisiga aylandi. 34 yoshli argentinalik turinliklar safiga tekin kelib qo'shildi va 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Di Mariya "Yuventus"da 22-raqamda to'p suradi. Bungacha ushbu raqamda Federiko Keza, Mattia Perin, Quadvo Asamoa, Arturo Vidal, Muhammad Sissoko va boshqalar to'p tepgan.
Di Mariya o'z faoliyatida avval "Real Madrid"da 22-raqam ostida o'ynagan. Shuningdek, klublarda u 20, 7, 11, 14 va 18 raqamli formalarni ham kiygan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270