Nani klubsiz qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Venetsiya" rasmiy sayti hujumchi Luish Nani bilan shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qilganini e'lon qildi. 35 yoshli portugaliyalik erkin agentga aylandi.
Nani “Venetsiya”ga 2022 yilning yanvarida kelib qo'shilgan. O'shandan beri u 2021/22 yilgi mavsumda A Seriyada 10 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Nani "Orlando Siti", "Sporting", "Latsio", "Valensiya", "Fenerbaxche" va "Manchester Yunayted" klublarida ham to'p tepgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262