"Roma" hujum chizig'iga yangi variant topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxaning agenti "Roma" bilan muzokara o'tkazdi. Jurnalist Janluka Di Martsio o'z saytida xabar berishicha, Rim klubiga Kot-d'Ivuar terma jamoasi futbolchisini taklif qilishgan.
"Roma" 29 yoshli ivuarlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, biroq hujumchi bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarga hozircha tayyor emas. Klub sotib olish bo'yicha muzokaralarni boshlash uchun shu yozda jamoadagi hujumkor o'yinchilardan birini sotishni kutmoqda.
Zaxaning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 38 million evroga baholamoqda.
Zaxa o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Unda 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ham bor.

Bosh sahifaga
277