Kuman: "Depay o'zining ajoyib futbolchi ekanligini isbotladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Barselona"ning niderlandiyalik sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman kataloniyaliklar hujumchisi Memfis Depay haqida fikr bildirdi.
"Depay jamoaga tekinga keldi va o'zining ajoyib futbolchi ekanligini isbotladi. U "Barselona" jamoasiga mos o'yinchi va shuning uchun biz u bilan shartnoma imzoladik. Uning kelajagi Xavining fikriga bog'liq, lekin men uchun Memfis "Barselona"ning muhim o'yinchisi", - dedi Kuman.
Eslatib o'tamiz, Depay o'tgan mavsumda "Lion"ni erkin agent maqomida tark etib, kataloniyaliklar bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263