"Arsenal" o'rtoqlik uchrashuvida "Nyurenberg"ni mag'lub qildi, Jezus ikkita gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus "kanonirlar" safidagi ilk o'yinda ikkita gol urdi. London klubi o'rtoqlik uchrashuvida "Nyurnberg"ni 5:3 hisobida mag'lub etdi.
25 yoshli braziliyalik futbolchi ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushdi. U Edvard Nketiya va Gabriel Martinellining uzatmalaridan so'ng ikkita gol urdi. Braziliyalik futbolchi maydonga tushganidan 2 daqiqa o'tib birinchi golni urdi.
4 iyul kuni Jezus "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga ko'chib o'tgandi. Forvard London klubi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262