APL futbolchilari Sterlingni mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 920
"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rahim Sterling futbolchilar Assotsiatsiyasi tomonidan Angliyada mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
PFA ovoz berish jarayonida 24 yoshli futbolchi Trent Aleksander-Arnold(«Liverpul»), Bernardu Silva («Man Siti»), Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Deklan Rays («Vest Hem») va Devid Bruks («Bornmut») kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Bu mukofot mavsum-1973/74 dan buyon topshirib kelinadi. O'tgan mavsumda bu nomga "Manchester Siti" futbolchisi Leroy Sane munosib topilgan edi.
Sterling bundan tashqari Angliyaning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berishda top-6ga kirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!