“Atletiko” Portugaliyadan futbolchi xarid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Portugaliyaning “Jil Visente” klubi vingeri Samuel Linu “Atletiko” bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Madrid klubi rasmiy sayti.
22 yoshli braziliyalikning “matraschilar” bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Linu o'tgan mavsumda "Jil Visente" tarkibida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchini 7 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, madridliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasining chorak finaliga etib borgandi. “Jil Visente” esa o'z navbatida Portugaliya chempionatini beshinchi o'rinda yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270