Transfer kuchi shu qadar zaifki, "MYu" oxir oqibat Ronalduni sotmaslikka qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

The Independent xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" ushbu transfer oynasida 37 yoshli futbolchini sotish niyatida emas va yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmayapti.
Portugaliyalik Xorxe Mendesh mijozining transfer imkoniyatlarini o'rganmoqda, ammo potentsial xaridorlar ko'p emas.
Ulardan biri «Chelsi» edi, uning xo'jayini Ronalduning transferini ko'rib chiqishga tayyor edi, ammo Krishtianu «ko'klar» bosh murabbiyi Tomas Tuxelning maqsadlari ro'yxatida yo'qligi aniq bo'ldi.
Qayd etilishicha, Mendeshning potentsial xaridorlar bilan bo'lgan muzokaralarining birinchi raundi shu qadar zaif reaktsiyaga sabab bo'lganki, Ronaldu va uning agenti futbolchining maoshini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor edi.

Bosh sahifaga
268