"Real" hujumchisi Italiyaga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

"Real" hujumchisi Luka Yovich "Fiorentina"ga o'tishga yaqin turibdi.
"Fiorentina" shartnoma imzolash uchun kelgan 24 yoshli serbiyalik futbolchi bilan tushgan suratni chop etdi. Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda, shundan so'ng u 2+1 sxemasi bo'yicha shartnoma imzolaydi.
Yovich o'tgan mavsumda "Real" safida barcha turnirlarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244