Pogba: "Pogba deyarli qaytdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Yarim himoyachi Pol Pogba Turinning “Yuventus” klubiga qaytishga juda yaqin turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarida frantsiyalik futbolchi o'zining samolyotda bo'lgan videosini joylashtirdi. Futbolchi: "Pogba deyarli qaytdi" degan yozuvni qo'shib qo'ydi.
Tez orada futbolchining Turinga kelishi haqidagi ma'lumotni italiyalik jurnalist Fabritsio Romano tasdiqladi. Pogba va Di Mariyaning transferi deyarli bir vaqtda e'lon qilinishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi Turinga kecha etib kelgandi.
Pogba "Yuventus"ga erkin agent sifatida qaytadi. O'z vaqtida frantsiyalik futbolchi "Keksa sinora" tarkibida 4 marta A seriya chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, 2015 yilda Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

Bosh sahifaga
244