Alvares "Manchester Siti" ixtiyoriga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Manchester Siti" "River Pleyt"ning sobiq hujumchisi Xulian Alvaresni jamoaga kelganini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi "shaharliklar" bilan shu yilning qishida shartnoma imzolagan edi, biroq "shaharliklar" Alvaresni 7 iyulgacha ijara asosida "River Pleyt"da qoldirishga qaror qilishdi. Ushbu transfer “Manchester Siti”ga 17 million evroga tushdi.
22 yoshli forvard o'tgan mavsumda sobiq jamoasi safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Argentina terma jamoasi futbolchisining narxini 23 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244