Moratta "Atletiko"da qoladigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata "Atletiko" klubida qoldi. Turinning "Yuventus" klubi uni sotib olmaslikka qaror qildi. Endi Morata faqat Ispaniya chempionati haqida o'ylaydi. O'tgan mavsum "Atletiko" uchun oson kechmadi, jamoa na Chempionlar ligasida, na chempionatda muvaffaqiyatlarga erisha olmadi.
"Menda g'ayrat juda kuchli, mashg'ulotlarni tezroq boshlash uchun sabrim etmayapti. Ishonchim komilki, meni juda yaxshi mavsum kutmoqda. Avvalroq Simeone va uning jamoasi bilan ishlaganman va bu ishimni osonlashtiradi. Hozir jamoa futbolchilari bilan yaqindan tanishish va ular bilan ishlash muhim" - deya Morataning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Atletiko" matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251