Alvares - Gvardiola haqida: "Umid qilamanki, men unga ko'p foyda keltiraman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Manchester Siti"ga yangi kelgan Xulian Alvares klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi "shaharliklar" safiga bugun etib keldi.
“Meni klubda Gvardiola kutib oldi. "Manchester Siti" loyihasining bir qismi ekanligimdan juda faxrlanaman. U sayyoradagi eng yaxshi murabbiylardan biri va har doim juda muvaffaqiyatli bo'lgan. Umid qilamanki, unga katta foyda keltiraman va futbolchi sifatida rivojlanishda davom etaman" - dedi Alvares klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Alvares "Manchester Siti"ga Argentinaning "River Pleyt" klubidan ko'chib o'tdi. Futbolchi kecha o'z jamoasi bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248