"Milan" "Tottenxem" himoyachisi orqali tarkibini kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

"Tottenxem" himoyachisi Jaffet Tanganga yozda "Milan"ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Janluka di Martsio.
Italiya klubi rahbariyati 23 yoshli futbolchining agentlari bilan ehtimoliy hamkorlik borasida allaqachon aloqaga chiqqan. Tanganga muntazam o'yin amaliyoti uchun Londonni tark etishga qarshi emas.
Angliyalik futbolchi himoya markazida ham, qanotda ham o'ynay oladi. Transfermarkt portali uning narxini 12 million evroga baholamoqda. Tanganga o'tgan mavsumda "Tottenxem" tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249