Pedri kelasi mavsumdan yangi raqamda harakat qiladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Kataloniya klubidagi 16-raqamni 8-raqamga almashtirdi.
"Yangi davr boshlanadi", - deya e'lon qildi ushbu xabarni klub matbuot xizmati.

Avvalroq, Andres Inesta, Xristo Stoichkov, Gilermo Amor, Filip Koku, Albert Selades, Artur, Miralem Pyanich va boshqalar "Barselona"da 8-raqam ostida o'ynashgan.
Pedri o'tgan mavsumda kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248