Rasman! "Ayaks" "Tottenxem" hujumchisi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

"Ayaks" "Tottenxem"dan hujumchi Stiven Bergveynni sotib olganini e'lon qildi.
Amsterdam klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, 24 yoshli niderlandiyalik bilan shartnoma 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
"Ayaks" hujumchi uchun 31,25 million evro to'lagan.
Eslatib o'tamiz, Bergveyn 2009 yildan 2011 yilgacha Amsterdam tizimida bo'lgan, keyin esa PSVga o'tgan.
O'tgan mavsumda u London klubi safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245