"Nyukasl" "Real" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Nyukasl" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Joriy yozgi mavsum oralig'ida "Nyukasl" o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bir nechta shov-shuvli transferlar allaqachon amalga oshirilgan. Defensa Central nashri xabariga ko'ra, "Nyukasl" Marko Asensio bilan muzokara olib bormoqda.
Futbolchining "Real" bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi va shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar to'xtab qolgan. Asensioga "Nyukasl"dan tashqari "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Milan" ham da'vogarlik qilmoqda.
O'tgan mavsumda futbolchi La Ligada 31 o'yin o'tkazib, 10 gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233