"Vilyarreal" darvozaboni La Liganing boshqa klubiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Darvozabon Serxio Asenxo "Valyadolid" klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
33 yoshli ispaniyalik darvozabon bilan kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Asenxo "Valyadolid" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2007 yildan 2009 yilgacha asosiy jamoada o'ynagan.
Asenxo “Vilyarreal” safida 2014 yildan buyon to'p suradi. Bu vaqt ichida 32 yoshli ispaniyalik posbon jamoa safida 256 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan 84 tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
"Vilyarreal" bilan birga darvozabon 2020/21 yilgi mavsumda Evropa Ligasi g'olibiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221