De Ligt faqat "Bavariya"ga o'tmoqchi. Klub yaqin kunlarda "Yuventus"ga taklif bilan chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt faqatgina "Bavariya"ga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi allaqachon myunxenliklar klubiga o'tishga rozi bo'lgan.
Oldinroq "Chelsi" ham de Ligtga da'vogar ekani ma'lum bo'lgandi. Futbolchiga "Manchester Siti" ham qiziqayotgan edi.
"Bavariya" sport direktori Hasan Salihamidjich va "Yuve"dagi hamkasbi Federiko Cherubini o'rtasida himoyachining transferi borasidagi muzokaralar yaxshi o'tdi.
Yaqin kunlarda Germaniya chempioni De Ligt uchun asosiy taklif bilan chiqishadi, turinliklar esa uni 80 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175