Morata "Bavariya"ga taklif qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Bir necha hafta oldin agentlar Robert Levandovski o'rniga "Atletiko" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Moratni "Bavariya"ga taklif qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Levandovski jamoani tark etib, "Barselona"ga o'tmoqchi. Biroq Myunxen rahbariyati Morata nomzodini darhol rad etdi. "Bavariya" 29 yoshli ispaniyalikni 33 yoshli polshalik o'rniga munosib o'rinbosar deb hisoblamaydi.
2021/22 yilgi mavsumda Morata "Yuventus"da ijara asosida o'ynadi. U barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Mavsum oxirida Alvaro “Atletiko”ga qaytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
16