"Chelsi" De Ligt uchun kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Chelsi" "Yuventus" va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Matteys De Ligtni qo'lga kiritish uchun kurashdan tashqarida, deb xabar beradi Sport1 jurnalisti Kerri Xou.
Futbolchining o'zi "Bavariya"ga o'tish istagini bildirganidan keyin London klubi muzokaralardan voz kechdi.
"Bavariya" ayni damda "Yuventus"ga De Ligt transferi bo'yicha taklif tayyorlamoqda. Bonuslarni qo'shganda, taxminan 90 million evroni tashkil qilishi mumkin.
De Ligt “Yuventus”ga 2019 yilda “Ayaks”dan 85,5 million evro evaziga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
80