"Fenerbaxche" Kavani bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Fenerbaxche" hujumchi Edinson Kavanini sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Fotomak xabariga ko'ra, futbolchiga jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining menejeri va o'gay ukasi Valter Gillelmone muzokaralar uchun Istanbulga etib keldi. Kavanining o'zi muzokaralar natijasini kutmoqda. Turkiya klubi urugvaylik futbolchiga yaxshi shartnoma taklif qilishga tayyor.
35 yoshli sobiq "MYu" o'tgan mavsumda APLning 15 o'yinida ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U jamoani erkin agent sifatida tark etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
82