Entoni Joshua boks tarixidagi eng yaxshi og'ir vaznli jangchi nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua boks tarixidagi eng yaxshi og'ir vaznli jangchi nomini aytdi.
"Sevimli og'ir vaznli jangchim — Mayk Tayson. Lekin Muhammad Ali ringda ham, uning tashqarisida ham eng yaxshisi hisoblanadi.
U o'zida nimani mujassam etgani, pozitsiyasi, yuqori darajadagi bokschilar bilan jang qilgani uchun bu gaplarni aytyapman. Ken Norton, Jo Freyzer, Floyd Patterson, Archi Mur, Jorj Forman. Ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin. U eng kuchlilari bilan jang qilgan", dedi Entoni Joshua.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186