Xittsfeld: "Levandovskining harakatlari jamoaga salbiy ta'sir qilmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Bavariya" klubining afsonaviy ustozi Ottmar Xittsfeld polshalik to'purar Robert Levandovskining ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
“Agar u ketishga qaror qilsa, ketsin. Men birovni majburan ushlab turishdan ma'no ko'rmayapman. Agar o'yinchi jamoani o'zgartirishga qaror qilsa, unga buni qilishiga ruxsat berish kerak. Robert qolsa juda yaxshi bo'lardi, lekin uning harakatlari klubga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda", - dedi Xittsfeld Abendzeitung bilan suhbatda.
Levandovski va Myunxen giganti o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Oldinroq hujumchi "Bavariya"ni tark etib, "Barselona"ga o'tishni istayotganini aytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211