"Bavariya" 17 yoshli iqtidor bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Bavariya" "Renn" yarim himoyachisi Mattias Telga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi jurnalist Kristian Falk tvitterda.
Manba bergan xabarga ko'ra, nemis klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olmoqchi. "Bavariya" allaqachon iqtidorli yarim himoyachi uchun 7 million evro va bonus sifatida 10 million evro taklif qilgan, biroq "Renn" futbolchini sotishdan bosh tortgan. Hozir myunxenliklar yaxshilangan taklif tayyorlamoqda.
17 yoshli Tel 2021 yildan buyon "Renn"da o'ynab kelmoqda, klub safida 10 ta o'yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi. U Frantsiyaning 18 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida oltita o'yin o'tkazdi va beshta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201