"Barselona" hujumchisi jamoani tark etish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Barselona" bosh murabbiy Xavi Martin Breytueytga ishonch bildirmayotganiga qaramay, "Barselona"da qolishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Football Espana.
31 yoshli daniyalik futbolchining fikricha, "Barselona"da o'ynash uning faoliyatidagi ajoyib imkoniyatdir. Biroq kataloniya klubi rahbariyati futbolchi uchun taxminan 8 million evro to'lashga tayyor yangi jamoa qidirmoqda.
Qayd etilishicha, Breytueyt yangi klubini munosib variant deb hisoblagan taqdirdagina "Barselona"ni tark etishga rozi bo'ladi.
Breytueyt o'tgan mavsumda kataloniyaliklar safida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216