"Yuventus" "Bavariya"ning Matteys de Ligt bo'yicha birinchi taklifidan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Turinning “Yuventus” klubi “Bavariya”ning niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligt borasidagi birinchi taklifidan norozi, deya xabar bermoqda jurnalist Alfredo Pedulla.
Pedullaning so'zlariga ko'ra, klublar o'zaro muzokaralarni davom ettirmoqda. Hozircha hech qanday murosaga erishilmagan.
Xabar qilinishicha, Myunxen klubi 75 million evro va bonuslar taklif qilgan, biroq “Yuventus” bundan mamnun emas, ular De Ligt uchun 80 million evro talab qilmoqda.
Avvalroq Matteys nemis klubini bolaligidan qo'llab-quvvatlab kelgani va 2019 yilda Myunxen jamoasi lageriga o'tishni xohlagani, keyin esa transfer summasi juda katta bo'lgani uchun “Bavariya” muzokaralardan voz kechgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198