Kulibali "Napoli"dan faqat Italiyadan tashqaridagi jamoaga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

Himoyachi Kalidu Kulibali yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, 30 yoshli senegallik futbolchi “Napoli”ni tark etsa, Italiyada qolishni istamaydi. Futbolchiga "Chelsi" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.
Kulibalining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
2021/22 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196