Ten Xag Ronaldu atrofidagi vaziyatga tezroq oydinlik kiritilishini kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xagning rejalarida Ronalduga aloqador bo'lmagan o'ziga xos vazifalari bor. Niderlandiyalik mutaxassis Ronaldu qoladimi yoki yo'qmi, har qanday holatda ham jamoa bilan ishlashga majbur bo'ladi.
Shu sababli, Ten Xag imkon qadar vaziyatga tezroq oydinlik kiritishni xohlaydi. Sababi, Ronaldu atrofidagi vaziyat jamoaning mavsumga eng yaxshi tarzda tayyorlanishiga xalaqit berishi mumkinligidan qo'rqadi.
The Sun nashrining xabar berishicha, Ten Xagga "Manchester Yunayted"ning birinchi mashg'ulotlari yoqmagan, u yosh futbolchilarning harakatlarida haddan tashqari ko'p noaniq harakatlarni kuzatgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199